Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xorazmda 359 ta bog‘chani suv isitish tizimi geliokollektorlar bilan jihozlanadi

Xorazmda 359 ta bog‘chani suv isitish tizimi geliokollektorlar bilan jihozlanadi

Prezidentimiz ijtimoiy sohaga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Joriy yilda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti ulushini 35 foizga yetkazish, texnikumlardagi 6 ming bitiruvchining bandligini ta’minlash, texnikum va oliygohlarning 7 ming talabasini dual ta’limga qamrab olish, oliy ta’limning muhandislik, tibbiyot, iqtisodiyot, agrar yo‘nalishidagi 7 ta ta’lim dasturini xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Urganch shahridagi tibbiyot oliygohida yiliga 1 ming 600 nafar vrach tayyorlanadi, 500 ta xususiy klinika faoliyat yuritayapti. Lekin, servisdagi tibbiy xizmatlar ulushi 2 foizga ham yetmaydi.

Shu munosabat bilan yil yakunigacha Shovot va Yangiariqda sog‘lomlashtirish xizmatlarini tashkil qilish topshirildi.

Urganch tumanidagi Adolat, Qo‘shko‘pirdagi Iftixor, Hazoraspdagi Yangibozor mahallalaridagi maktablar ikkidan yuqori koeffisiyentda faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga bu yerda xususiy maktab ochish yoki qo‘shimcha bino qurish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Bu yili viloyatdagi 359 ta bog‘chani suv isitish tizimi geliokollektorlar bilan jihozlanishi, 420 ta ijtimoiy ob’ektdagi mingdan ortiq eskirgan isitish qozonlari yangilanishi belgilandi.

Kiritildi: 14:31 02.05.2025. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!