Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xorazmda 200 mln so‘mlik kredit pullari talon-toroj qilindi

Xorazmda 200 mln so‘mlik kredit pullari talon-toroj qilindi

«Agrobank»ning Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi filiali sobiq rahbariga nisbatan 400 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Gurlan tuman bo‘limi tomonidan «Agrobank»ning Gurlan tuman filiali rahbari murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, bank filialining sobiq rahbari O.SH.o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda tanishi S.K.ning nomiga «G.Tomorqa» MCHJni tashkil etgan. Amalda ushbu jamiyatni O.SH.ning o‘zi boshqarib, davlat dasturi asosida berilgan mablag‘lar hisobidan korxonaga 400 million so‘m imtiyozli kredit ajratgan. Biroq filialning sobiq rahbari kredit mablag‘larini boshqa maqsadlarda sarflagan, garovga qo‘yilgan mulkni esa soxta hujjatlar bilan garovdan chiqarib olgan hamda juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O.SH. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 08:25 02.06.2020. O'qildi: 2446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!