Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda 15 bosh qora mol tiriklayin yonib ketdi

Xorazmda 15 bosh qora mol tiriklayin yonib ketdi

Xorazm viloyati Yangibozor tumani Boshqir sheyx qishlog‘i “Jayxun” MFYda joylashgan “Yuldosh ota Xursandbek” fermer xo‘jaligining dala shiyponidagi molxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Voqea joyiga yetib borgan 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘indan molxonaning 80 kv.metr maydoni va 5 bosh qora mol qutqarib qolingan.

“Yong‘in oqibatida molxonaning 40 kv.m maydonda tomi va u yerda saqlangan xashak yonib zararlangan, shuningdek 15 bosh qora mol va 2 ta qo‘y nobud bo‘lgan”, - deyiladi DYOXX xabarida.

Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kiritildi: 18:10 08.08.2019. O'qildi: 2216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!