Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Xorazmda 10 gektar yerni 250 mln so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

Xorazmda 10 gektar yerni 250 mln so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

Xorazm viloyatida yer talon-toroji bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, fuqaro B.T.ning Xorazm viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida I.B. ismli shaxs va boshqalar Shovot tumani hududida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 10 gektar ekin yer maydonini go‘yoki o‘zlariga tegishli ekanligiga ishontirib, kelgusi yilda sholi ekib, yerdan foydalanishi uchun 250 million so‘mga sotishga kelishib, oldindan 6,7 ming dollar va 3,8 million so‘m pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 23:15 19.01.2025. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!