Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda "H.P." MCHJ do‘koni sotuvchisi xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan 3 dona elektron tamaki mahsulotini 800 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, Urganch shahri, “Islomobod” MFY hududidagi xonadondan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 32 turdagi jami 8 405 dona elektron tamaki, nikotinli yostiqchalar va nikotinli suyuqliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.