Isroilning g‘arbiy Xon Yunusdagi Al-Mavasi hududiga uyushtirgan hujumi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 90 kishiga yetdi, deb xabar berdi G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Departament bayonotida qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning yarmi bolalar va ayollardir.
Shuningdek, 300 ga yaqin yaradorlar ma’lum, ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir.
Sog‘liqni saqlash vazirligi avvalroq Al-Mavasi mintaqasiga uyushtirilgan hujumda 71 kishi halok bo‘lgani va 289 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.