Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qibrayda yuz bergan otishma yuzasidan rasmiy axborot berildi

A A A
Qibrayda yuz bergan otishma yuzasidan rasmiy axborot berildi

Bosh Prokuraturaning Rasmiy bayonotida qayd etilishicha, 26 oktyabr kuni soat 01:40 larda fuqaro S.S.ning
boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan vaqtida 2 nafar noma’lum shaxslar mazkur avtomashinaga
o‘qotar qurolidan bir necha marotaba o‘q uzib, noma’lum tomonga yashirinishgan.

Ushbu holatda biror-bir shaxs tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumon qilinuvchi shaxslarni aniqlash va ushlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda bu hodisa Prezident administrasiyasining sobiq amaldori Komil Allamjonovga suiqasd ekanligi haqida xabar tarqalgandi. Prokuratura xabarida uning nomi keltirilmagan.

Kiritildi: 12:38 26.10.2024. O'qildi: 28966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!