Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor professional sportchilik faoliyatini rasman yakunlash arafasida turibdi.
Bu haqda irlandiyalik aralash yakkakurash ustasining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
"UFC`ga qaytishingdan, umuman oktagonga chiqib jang qilishingdan ma’no ko‘rmayapmiz. Sening chiroyli oilang, yarim milliard dollar puling, omadli biznesing bor. Ikki vazn toifasida chempion bo‘lishdek orzuing amalga oshdi. Hech kimga hech narsani isbotlashing kerak emas. Sog‘lig‘ing va oilang haqida qayg‘ur. Hayotdan lazzat olib yashashda davom et!", - deya muxlislardan biri Makgregorga murojaat qildi.
"Bilasanmi, sen haq gapni aytding! Rahmat! Xayr!", - deya murojaatga javob qaytargan Makgregor.