AQShning Arizona shtatida bir erkak ijtimoiy imtiyozlaridan foydalanish uchun otasining jasadini bir necha yil davomida muzlatgichda saqlagan.
New York Post nashrining yozishicha, muzlatgich gumondorning hovlisida joylashgan bo‘lib, brezent va adyolga mahkam o‘ralgan va so‘nggi olti oy davomida elektr ta’minotisiz qolgan.
Erkakning ta’kidlashicha, u bir necha bor otasini cho‘lga dafn qilmoqchi bo‘lgan, ammo yaqin atrofda paydo bo‘lgan odamlar bunga to‘sqinlik qilgan.
Polisiya erkakni qo‘lga olib, jasadni yashirganlikda aybladi.