Rossiya armiyasi urush boshlanganidan beri Ukraina hududlarini egallab olishning rekord sur’atiga erishdi, deb yozadi Welt Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) hisob-kitoblariga tayanib.
To‘liq bo‘lmagan oktyabr oyida rossiyaliklar 478 kv. km dan ortiq maydonni egallab olishdi (27 oktyabr holatiga ko‘ra), bu 2022 yil mart oyidan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
2024 yil avgust oyida 477 kv. km, sentyabr oyida 459 kv. km bo‘lgan.
* * *
Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Selidovo shahrini egallab oldi.
Rossiya Mudofaa vazirligining bayonotida aytilishicha, «Markaziy kuchlar guruhi tuzilmalari va harbiy qismlarining muvaffaqiyatli harakatlari natijasida Selidovo shahri butunlay ozod qilindi».
* * *
Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk viloyatidagi Gornyak, Katerinivka va Dobrovole (Bogoyavlenka) aholi punktlari egallab olinganini ma’lum qildi.