Xalqaro qilichbozlik federasiyasi (FIE) rahbari lavozimiga Usmonov nomzodini 103ta davlat qilichbozlik federasiyalari qo‘llab-quvvatladi.
Rasmiy saylov marosimi 30 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Saylovda Usmonovning yagona raqibi shved Otto Drakenberg bo‘ladi. Uning nomzodi hozircha faqat Shvesiya tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Alisher Usmonov FIEni 2008 yildan buyon boshqarib keladi. 2022 yilda u YEI tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatgan edi.