Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Eron va Isroil o‘rtasidagi vaziyat keskinlashgani ortidan Tehron muhim qaror qabul qildi

Eron va Isroil o‘rtasidagi vaziyat keskinlashgani ortidan Tehron muhim qaror qabul qildi

Eron va Isroil o‘rtasidagi vaziyat keskinlashgani ortidan Tehron harbiy byudjetini tubdan oshirishni rejalashtirmoqda. Seshanba kuni Eron hukumati matbuot kotibi Fotime Mohajeraniy mamlakat rahbariyati harbiy byudjetini taxminan 200 foizga oshirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

"Mamlakatning mudofaa byudjeti sezilarli darajada – 200 foizga oshirildi", – dedi Moxajerani tafsilotlarga to‘xtalmasdan.

Eron va Isroil bir necha oydan beri raketa zarbalarini almashishmoqda. Jumladan, o‘tgan shanba kuni Isroil 1 oktyabrda raketa hujumi uchun javob tariqasida Eronga zarba berdi.

Tehron dushanba kuni Isroilning harbiy nishonlarga qaratilgan hujumlariga javoban "barcha imkoniyatlarni ishga solishini" aytdi.

Eron hozirda Yaqin Sharqdagi eng yirik qurolli kuchlardan biriga ega bo‘lib, 350 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, jumladan, 220 mingdan ziyod zaxiradagi askarlari mavjud.

“Vikipedia” ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Eron Qurolli Kuchlari xarajatlari 13,879 mlrd dollarni yoki YAIMning 2,5 foizini (2022 yil) tashkil etgan.

Kiritildi: 21:00 30.10.2024. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!