AQSh prezidenti bu haqda The Atlantic nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Intervyuda Tramp tomonidan bildirilgan boshqa fikrlar:
◾️ AQSh prezidentligi o‘ta jiddiy va mas’uliyatli vazifa;
◾️ Prezidentligimning dastlabki 100 kunidan mamnunman;
◾️ Men uchinchi muddatga prezidentlikka saylanmoqchi emasman, buni amalga oshirish ancha qiyin;
◾️ Putin bilan ishlash Zelenskiyga qaraganda osonroq. Zelenskiyning qo‘lida hech qanday karta yo‘q, lekin u tobora ko‘proq narsa so‘ramoqda;
◾️ Men ijtimoiy tarmoqlardagi postlarimni o‘zim yozaman, buni juda tez bajaraman. Ba’zida yordamchilarimga aytib turib yozdiraman, lekin o‘zim yozishni yaxshi ko‘raman;
◾️ O‘ylashimcha, men Ukrainani qutqaryapman. Bu mamlakat qulash arafasida edi. Haqiqatga tik qaraylik. Men Ukraina uchun katta xizmat qilayapman deb hisoblayman;
◾️ Rossiya “kuchli harbiy mashina”. Qo‘shma Shtatlarning yordamisiz Ukrainadagi urush bir kunda tugagan bo‘lar edi. Mazkur urushning boshlanishi uchun mas’uliyat sobiq prezident Jo Baydenning zimmasida;
◾️ Putinning hozirgi harakatlari meni Ukrainaga nisbatan ko‘proq yon bosishga undashi mumkin, biroq prezident Zelenskiyga emas;
◾️ Ukrainaga yordam albatta qurol ko‘rinishida bo‘lishi shart emas. Bu yordam, sanksiyalar yoki moliyaviy cheklovlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin;
◾️ Ukrainada tinchlik o‘rnatish vaqti keldi, keyingi hafta nima bo‘lishini ko‘ramiz.