Erling Xoland Chempionlar Ligasidagi 50-golini urdi.
"Manchester Siti" hujumchisi musobaqa umumiy bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Napoli"ga (2:0) qarshi bahsda hisobni ochdi.
Hozirda norvegiyalik futbolchi hisobida Chempionlar Ligasining 49 o‘yinida kiritilgan 50 ta gol bor. Xoland bu natijaga hammadan tez erishdi. Rud van Nistelroyning bunday natija qayd etishiga 62 o‘yin, Lionel Messiga esa 66 o‘yin kerak bo‘lgan.
Bundan tashqari, Erling ushbu musobaqada gollar soni bo‘yicha Tyerri Anri bilan tenglashib oldi.
ECHL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxati:
1. Krishtianu Ronaldu – 140 gol (183 o‘yin)
2. Lionel Messi – 129 gol (163 o‘yin)
3. Robert Levandovski – 105 gol (133 o‘yin)
4. Karim Benzema – 90 gol (152 o‘yin)
5. Raul – 71 gol (142 o‘yin)
6-7. Kilian Mbappe – 57 gol (88 o‘yin)
6-7. Tomas Myuller – 57 gol (163 o‘yin)
8. Rud van Nistelroy – 56 gol (73 o‘yin)
9-10. Tyerri Anri – 50 gol (112 o‘yin).
9-10. Erling Xoland – 50 gol (49 o‘yin).