Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Husanov APLda barcha futbolchilarni ortda qoldirdi (Statistika)

Husanov APLda barcha futbolchilarni ortda qoldirdi (Statistika)

«Manchester Siti»ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer-ligasining 10-turida o‘ziga xos natija qayd etdi.

Squawka statistik portali ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchimiz mazkur turda raqib maydonining hujum uchligiga eng ko‘p aniq uzatma amalga oshirgan o‘yinchi bo‘ldi.

Husanov bu borada 16 ta muvaffaqiyatli uzatma qayd etib, barcha futbolchilarni ortda qoldirdi.

APLning 10-turida hujum zonasiga eng ko‘p aniq uzatma amalga oshirgan futbolchilar:

  1. Abduqodir Husanov («Manchester Siti») — 16 ta

  2. Lyuis Dank («Brayton») — 13 ta

  3. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») — 11 ta

  4. Romeo Laviya («Chelsi») — 11 ta

  5. Aleks Ivobi («Fulxem») — 10 ta

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi nafaqat himoyadagi harakatlari, balki jamoasining hujumlarini tashkil etishdagi faolligi bilan ham ajralib turdi.

Husanov APLda barcha futbolchilarni ortda qoldirdi (Statistika)

Kiritildi: 22:28 10.11.2026. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik