Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh harbiy samolyotlarini Germaniyaga ko‘chirmoqda

AQSh harbiy samolyotlarini Germaniyaga ko‘chirmoqda

WSJ xabariga ko‘ra, AQSh Erondan kelishi mumkin bo‘lgan xavotirlar sabab Britaniyadagi Mildenxoll bazasidan havoda yonilg‘i quyuvchi samolyotlarini Germaniyaga olib ketmoqda.

The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Amerika aviasiyasining ko‘chirilishi haqidagi ma’lumotni vaziyatdan xabardor manbalar tasdiqlagan.

Nashrning yozishicha, ertalab AQSh Harbiy-havo kuchlarining ikkita yoqilg‘i quyish samolyoti Buyuk Britaniyadagi Mildenxoll Qirollik havo kuchlari bazasini tark etib, Germaniyaga yo‘l olgan.

Keyinchalik o‘sha aviabazadan yana bir nechta yoqilg‘i quyish samolyotlari olib kelindi. Ularni Germaniyaga ham, boshqa joylarga ham jo‘natishdi.

Bir necha samolyot kun davomida bazani tark etgan. Mildenxoll AQShning Britaniyadagi 12 ta harbiy bazasidan biridir.

Oktyabr oyida ham ehtimoliy terakt xavfi sabab Ferford bazasidagi barcha B-1 bombardimonchi samolyotlari olib chiqib ketilgan.

Kiritildi: Bugun 20:54. O'qildi: 0 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik