Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Haydovchini «Men ko‘chaman» deb haqorat qilgan YPX xodimi lavozimidan chetlatildi

Haydovchini «Men ko‘chaman» deb haqorat qilgan YPX xodimi lavozimidan chetlatildi



Toshkent shahrida haydovchi bilan tortishib, uni haqorat qilgan YPX inspektori lavozimidan chetlatildi. Bu haqda YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

Hodisa 8 noyabr kuni soat 20:20 larda poytaxtning Shahrisabz ko‘chasida sodir bo‘lgan. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘riga yurish belgisi talabini buzib, chapga qayrilgan haydovchini YPX xodimi to‘xtatgan. Muloqot davomida ikkinchi safarbarlik guruhi inspektori, kichik serjant Rahimov fuqaroni haqorat qilib, unga nisbatan «Men ko‘chaman» degan iborani ishlatgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan va inspektor egallab turgan lavozimidan chetlatilgan.

Kiritildi: Bugun 18:39. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik