Bugun 12 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Agar Mbappe «Real»dan ketsa, uning keyingi manzili qaysi klub bo‘ladi?

Agar Mbappe «Real»dan ketsa, uning keyingi manzili qaysi klub bo‘ladi?

Faoliyati davomida «PSJ», «Vest Bromvich» va boshqa bir qator klublarda to‘p surgan Yussuf Mulumbu hujumchi Kilian Mbappening kelajagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mbappening o‘zi bir necha bor «Real»da o‘ynashni orzu qilganini aytgan. Ammo agar — aynan “agar” deb ta’kidlayman, chunki u Madridda hali uzoq vaqt qolishi aniq — shunday bo‘lsa-da, klubni tark etishga qaror qilsa, uning keyingi manzili shubhasiz “Liverpul” bo‘ladi», — deya Mulumbuning so‘zlarini keltiradi Goal portali.

Avvalroq Kilian Mbappe Yurgen Klopp «Liverpul» bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan paytda u bilan muzokaralar olib borgani haqida gapirgan edi. Mbappening aytishicha, uning onasi futbolchini «Liverpul»da ko‘rishni istagan.

Mbappe 2024 yil yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 22:39 10.11.2026. O'qildi: 2487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik