«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Angliya Premyer-ligasi klublari safida 200 ta golli harakatni eng kam uchrashuvda amalga oshirgan futbolchiga aylandi.
Norvegiyalik hujumchi ushbu natijaga erishish uchun 206 ta o‘yin o‘tkazdi. Shu tariqa u «Liverpul» safida 200 ta golli harakatni 225 ta uchrashuvda amalga oshirgan Muhammad Salohning natijasidan o‘zib ketdi.
Reytingda uchinchi o‘rinni «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri egalladi. Fransiyalik futbolchiga bu ko‘rsatkichga erishish uchun 233 ta bahs kerak bo‘lgan.
Angliya Premyer-ligasi klublari safida 200 ta golli harakatga eng tez erishgan futbolchilar:
Erling Xoland — 206 ta o‘yin («Manchester Siti»).
Muhammad Saloh — 225 ta o‘yin («Liverpul»).
Tyerri Anri — 233 ta o‘yin («Arsenal»).
Serxio Aguero — 241 ta o‘yin («Manchester Siti»).
Garri Keyn — 262 ta o‘yin («Tottenhem»).
Didye Drogba — 264 ta o‘yin («Chelsi»).
Alan Shirer — 282 ta o‘yin («Nyukasl Yunayted»).
Ueyn Runi — 285 ta o‘yin («Manchester Yunayted»).
Maykl Ouen — 287 ta o‘yin («Liverpul»).
Robbi Fauler — 290 ta o‘yin («Liverpul»).