Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

XJS: "AQSh sanksiyalari 125 ta davlat mustaqilligiga ochiq hujumdir"

XJS: "AQSh sanksiyalari 125 ta davlat mustaqilligiga ochiq hujumdir"

Xalqaro jinoiy sudi (XJS) AQShning ikki sudya va ikki nafar prokuror o‘rinbosariga nisbatan yangi sanksiyalarini sud mustaqilligiga hujum deb hisoblaydi.

Bu haqda sud bayonotida aytilmoqda.

Qayd etilishicha, sanksiyalar dunyoning barcha mintaqalaridan 125 a’zo davlat mandati ostida faoliyat yurituvchi xolis sud organining "mustaqilligiga ochiq hujum"dir.

"Cheklovlar, shuningdek, XJSga a’zo davlatlarni, qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni va butun dunyo bo‘ylab millionlab qurbonlarni haqorat qiladi", — deyiladi hujjatda.

XJS cheklovlar, bosim va tahdidlarga qaramay, qonunchilik bazasiga qat’iy rioya qilgan holda mandatlarni amalga oshirishda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan olib borilayotgan tergovga aloqador xorijlik shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.

Kiritildi: 08:45 21.08.2025. O'qildi: 1070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!