Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi mutasaddilar o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda halok bo‘lgan, Xo‘jaobod tumani “Yuksalish” mahallasi hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev oilasi bilan uchrashdi.
Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi mutasaddilar o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda halok bo‘lgan, Xo‘jaobod tumani “Yuksalish” mahallasi hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev onasi va oila a’zolariga hamdardlik bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Abdurasul Abduvaliyevga vafotidan so‘ng berilgan «Jasorat» medalini topshirdi.
Uchrashuv davomida qahramonning yuksak fazilatlari, xizmat davridagi shijoati va mardligi yodga olindi.
Vatan tinchligi yo‘lida qilgan xizmatlari hech qachon unutilmasligi, doim e’tibor va e’zozda bo‘lishi ta’kidlandi.