Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Xivada “Pahlavon Mahmud — Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi (FOTOLAVHA)

 Xivada “Pahlavon Mahmud — Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi (FOTOLAVHA)

Joriy yilning 4–5 iyun kunlari O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lmish Xivada “Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o‘yini“ II Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Butunjahon strongmenlar federasiyasi (World Strongmen Federation, WSF) hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Xalqaro turnirga “Mo‘tabar un” brendi homiylik qildi.

 Xivada “Pahlavon Mahmud — Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi (FOTOLAVHA)

Turnir nafaqat yorqin sport tadbiri, balki ham ichki, ham tashqi turizm rivojiga hissa qo‘shuvchi voqea bo‘ldi. Shuningdek, pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan turizm sektorini qayta tiklashda ham turnirning ahamiyati yuqori.

Xiva bunday musobaqani o‘tkazish joyi sifatida bejiz tanlangani yo‘q, bu qadimiy shahar XIII asrda Xorazmda tug‘ilib, atoqli faylasuf, shoir va polvon sifatida shuhrat qozongan afsonaviy shaxs – Pahlavon Mahmudning vatanidir. Rivoyatlarda Pahlavon Mahmud umri davomida bor-yo‘g‘i bir jangda mag‘lub bo‘lgani keltiriladi.

Turnirning Pahlavon Mahmud yurtida o‘tkazilishi O‘zbekistonning boy va serqirra madaniy merosi jahon miqyosida e’tirof etilishini ham anglatadi. Xalqaro tadbir 2019 yilda ilk bor Xivada o‘tkazilgandi.

Turnirga dunyoning 14 davlatidan, jumladan, Braziliya, Yangi Zelandiya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Eron, Hindiston, Polsha, Yaponiya, Tojikiston va O‘zbekistondan 15 nafar eng kuchli sportchi ishtirok etdi. Ya’ni ko‘hna va hamisha navqiron Ichan Qal’a turli yurtlardan kelgan sportchilarni birlashtirdi.

Pahlavonlar 7 tur bo‘yicha bellashdi:

— og‘ir qoplarni qo‘qon aravaga ortish va uni ma’lum masofaga olib borish;

— og‘irligi 120 dan 160 kilogrammgacha bo‘lgan "Sangijumon" toshlarini ko‘tarish;

— obkachni kuch bilan ko‘tarish;

— lokomotiv tortish;

— langar tortish;

Xiva ustunlarini ushlab turish;

— qilichlarni vertikal ushlash.

 Xivada “Pahlavon Mahmud — Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi (FOTOLAVHA)

 Xivada “Pahlavon Mahmud — Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi (FOTOLAVHA)

 Xivada “Pahlavon Mahmud — Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi (FOTOLAVHA)

 Xivada “Pahlavon Mahmud — Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi (FOTOLAVHA)

 Xivada “Pahlavon Mahmud — Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi (FOTOLAVHA)

 Xivada “Pahlavon Mahmud — Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi (FOTOLAVHA)

Turnirda, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sportni rivojlantirish maqsadida paralimpiya chiqishlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish federasiyasi chiqishlari ham o‘tkazildi.

Xalqaro turnir ikki kun davom etdi. Yakunda g‘oliblar aniqlandi:

1-o‘rin – Reza Jeitasi (Eron)

2-o‘rin – Rongo Keene (Yangi Zelandiya)

3-o‘rin – Pyotr Martinenko (Rossiya)

 Xivada “Pahlavon Mahmud — Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi (FOTOLAVHA)

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, oltin medal sohibi hisoblangan eronlik sportchiga 5 000 dollar taqdim etildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rindan joy olgan polvonlar esa mos ravishda 3000 va 1000 dollar bilan mukofotlanishdi.

Taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri – A. Abduhakimov, Xorazm viloyati hokimi – F.Ermanov, Butunjahon Strongmen federasiyasi Prezidenti – R. Jo‘rayev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 16:48 06.06.2022. O'qildi: 6680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!