Bu haqda Reuters xabar berdi.
Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasi va Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida ikkita yirik shoxli mol podasida oqsil kasalligi avj olgani aniqlandi.
Agentlik bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
Umumiy hisobda 6 229 boshdan iborat bo‘lgan podalarda jami 219 ta hayvon kasallangan. Kasallangan hayvonlarda Xitoyda ilk bor oqsilning SAT1 serotipi aniqlandi.
Agentlikning qayd etishicha, Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalar ushbu shtammga qarshi ta’sir qilmaydi.
Provinsiya rasmiylari chorva mollarini so‘yish va dezinfeksiya ishlarini amalga oshirmoqda.