Pekin Vashington tomonidan Xitoy tovarlari importiga qo‘shimcha 10% tariflar joriy etilishi munosabati bilan zarur qarshi choralar ko‘radi, dedi Xitoyning AQShdagi elchixonasi vakili.
"Xitoy bu qadamni keskin qoralaydi va unga qarshi chiqadi, o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur qarshi choralar ko‘radi," - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.