Internetda uyg‘ur bolalar o‘z oilalaridan tortib olingandan so‘ng, Xitoydagi qayta tarbiyalash markazlarida ularga nisbatan shafqatsizliklar qilinayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi.
Xitoydagi uyg‘urlarning ahvoli yillar davomida og‘irlashib, etnik ozchilikka qarshi repressiya yangi darajaga ko‘tarildi. 2009 yil 5 iyulda Shaoguandagi uyg‘urlarga qarshi hujumlar natijasida yuzaga kelgan Urumchi qo‘zg‘oloni burilish nuqtasi bo‘ldi. Ushbu voqealar natijasida yuzlab odamlar halok bo‘ldi.
O‘shandan beri uyg‘urlar muntazam ravishda ta’qib qilinib, ommaviy hibsga olindi va inson huquqlari guruhlari madaniy genosidning bir turi deb ataydigan «qayta tarbiyalash» lagerlariga yuborildi.
Xitoy hukumati Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida uyg‘urlarning ehtimoliy noroziliklarini va qarshiliklarini bostirish uchun qattiq choralar ko‘rishda davom etmoqda.