Rossiya Mudofaa vazirligi "Rossiya hududi bo‘ylab ehtimoliy uzoq masofali zarbalarga javobning turli variantlarini o‘rganmoqda," dedi Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin VGTRK jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "bunday hujumlar texnik jihatdan Ukraina tomonidan emas, balki NATO mamlakatlarining bevosita harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin."
"Biz bunga tegishli ravishda javob berishimiz kerak. Qanday, qachon va qayerda aniq javob berish haqida hozircha gapirish erta... Albatta, bizning harbiy idoramiz bu haqda o‘ylayapti va turli javob variantlarini taklif qiladi," - dedi Putin va qo‘shib o‘tdiki, "G‘arb Rossiya ichkarisiga zarbalar berishga ruxsat berish oqibatlari haqidagi mening signallarimni eshitgan, deb umid qilaman."