Koreya Respublikasi va AQSh 110 ga yaqin samolyot, jumladan F-35 qiruvchi samolyotlari ishtirokida «Ozodlik bayrog‘i» havo mashqlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda Koreya Respublikasi harbiy-havo kuchlariga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.
Mashg‘ulotlar 21-oktyabrda boshlangan va 1 noyabrgacha davom etadi. Janubiy Koreya F-35A, F-15K qiruvchi samolyotlaridan, Amerika tomoni F-35B va F-16 samolyotlaridan, shuningdek, MQ-9 uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanadi. Birinchi haftada AQSh va Koreya harbiylari missiyani rejalashtirishga e’tibor qaratadilar, ikkinchi hafta havodan yordam va mudofaa havo manevrlariga e’tibor qaratadi.
«Birinchi marta qiruvchi samolyotlar va dronlarning birgalikdagi parvozi» amalga oshiriladi, deb xabar beradi Yonhap. Mashg‘ulotlarga Avstraliyaning KC-30A yonilg‘i quyuvchi transport samolyoti qo‘shiladi.