Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Isroil Eronning asosiy energetika ob’ektlari atrofidagi havo mudofaasini yo‘q qildi

 Isroil Eronning asosiy energetika ob’ektlari atrofidagi havo mudofaasini yo‘q qildi

SAXALning nishonlari aynan Xuziston viloyatidagi Bandar Imom Xomayniy neft-kimyo majmuasi yaqinidagi, Bandar Imom Xomayniy porti, Ilam viloyatidagi Abadan neftni qayta ishlash va gaz konida joylashgan havo hujumidan mudofaa tizimlari edi. The New York Times gazetasi uch nafar Eron rasmiysi va Isroil Mudofaa vazirligining uch nafar yuqori martabali amaldori ma’lumotlariga tayanib, Isroil atayin energetika ob’ektlarining o‘ziga zarba berishdan qochganini yozmoqda.

Erondagi NYT manbalarining ta’kidlashicha, Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimlarini yo‘q qilishi Tehronning “chuqur xavotiriga sabab bo‘lgan”, chunki muhim energetika ob’ektlari kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hujumlarga qarshi himoyasiz bo‘lib qolgan. O‘z navbatida, Isroil rasmiylari gazetaga Isroilning dastlabki javob rejasi Eron yadroviy loyihasi bilan bog‘liq nishonlarga zarba berishni o‘z ichiga olganini tasdiqladi. Biroq, AQShning doimiy tavsiyalari tufayli bu qadamdan voz kechishga qaror qilingan.

26 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil mudofaa kuchlari Eron hududiga bir qator havo hujumlarini uyushtirdi. Isroil harbiylarining aytishicha, portlashlar Eron va uning ittifoqchilarining so‘nggi oylardagi ko‘plab hujumlariga javob zarbasi bo‘lgan.

Kiritildi: 12:05 27.10.2024. O'qildi: 1917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!