Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Isroilning zarbasi Eronning ballistik raketa ishlab chiqarishini to‘xtatdi

 Isroilning zarbasi Eronning ballistik raketa ishlab chiqarishini to‘xtatdi

Isroilning 26-oktabrga o‘tar kechasi Eronga bergan zarbasi Eron ballistik raketa dasturining asosiy komponentini ishdan chiqardi, deb yozadi Axios portali isroillik manbalarga tayanib.

Yo‘q qilingan uskunalar Eronning raketa arsenalini tezda to‘ldirish imkoniyatini cheklab qo‘ydi, shuning uchun Tehron Isroil hududiga keyingi raketa hujumlarini rad qilishi mumkin, deydi suhbatdoshlar.

Isroilning zarbalari Eron uzoq masofaga uchuvchi raketalar uchun qattiq yoqilg‘i ishlab chiqarishda foydalanadigan 12 ta «sayyora mikserini» ishdan chiqardi, dedi manbalar.

📍Vayron qilingan ob’ektlar Eronning o‘zi ishlab chiqara olmaydigan «o‘ta murakkab uskunalar»dir. Shu sababli, manbalarning qayd etishicha, Eron tomoni bunday uskunalarni Xitoydan sotib oladi. Ob’ektlarni tiklash taxminan bir yil davom etishi mumkin.

Kiritildi: 14:01 27.10.2024. O'qildi: 2323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!