Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Shimoliy Koreya askarlari Kursk viloyatiga yetib kelishdi

Shimoliy Koreya askarlari Kursk viloyatiga yetib kelishdi



Gazeta keltirgan bir ukrainalik va ikki amerikalik mulozimga ko‘ra, mintaqada allaqachon KXDRning bir necha ming harbiy xizmatchisi bor. Ular hali jangga kirgani yo‘q va urushda aynan qanday rol o‘ynashi noma’lum, deydi The New York Times suhbatdoshlari.

Umuman olganda, yuqori martabali ukrainalik mulozimning so‘zlariga ko‘ra, 28-oktabr, dushanbaga qadar 5000 nafargacha Shimoliy Koreya askari Kursk yaqinida bo‘lishi kutilmoqda.

O‘z navbatida, Fox News telekanali jurnalisti Lukas Tomlinson o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya hududidagi KXDR harbiy xizmatchilari haqidagi savoliga bergan javobini keltirdi. «Bizda variantlar bor, barchasi ular nima qilishiga bog‘liq», - deya uning so‘zlarini keltiradi jurnalist.

Kiritildi: 13:19 27.10.2024. O'qildi: 1491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!