Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Komil Allamjonov avtomobiliga o‘q uzishda gumonlanuvchilardan biri ushlandi

Komil Allamjonov avtomobiliga o‘q uzishda gumonlanuvchilardan biri ushlandi

Prezident administrasiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning biri aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi.

26 oktyabr kuni Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi Range Rover rusumli avtomashinaga qarata ikki nafar noma’lum shaxs o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilib, noma’lum tomonga yashiringan. Hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) hamda 248 (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Bosh prokuratura, Toshkent viloyati, Toshkent shahar, Harbiy, Transport prokuraturalari hamda IIV, viloyat, Toshkent shahar IIBB, Bojxona qo‘mitasi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzilgan.

Gumonlanuvchi shaxs o‘tkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 10:33 27.10.2024. O'qildi: 1816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!