Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoylik erkak otasining kasalligi haqida soxta video tayyorlab, 255 ming dollardan ortiq pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritdi

Xitoylik erkak otasining kasalligi haqida soxta video tayyorlab, 255 ming dollardan ortiq pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritdi

Xitoylik erkak otasining kasalligi haqidagi yolg‘on hikoyalarni o‘ylab topgan va sun’iy intellekt (SI) yordamida soxta video tayyorlab, 255 ming dollardan ortiq pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

«Penpay» nashri xabar berishicha, erkak otasi saraton kasalligiga chalingani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan. U hatto sun’iy intellekt yordamida otasi og‘ir kasal bo‘lib, to‘shakda yotganini aks ettiruvchi video ham yaratgan.

«Shu yo‘l bilan u kursdoshlari va do‘stlarini aldab, jami 1,7 million yuandan ortiq (taxminan 255 ming dollar) pul olgan», — deyiladi xabarda.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 2019 yildan boshlab turli bahonalar bilan tanishlaridan muntazam ravishda qarz olib kelgan. U pul so‘rashda texnologiyalarga sarmoya kiritish, to‘y o‘tkazish, uy-joy sotib olish va kompaniyasining joriy xarajatlarini qoplash kabi vajlarni keltirgan.

Keyinchalik Szyan familiyali erkak otasi saraton kasalligiga chalingani va shoshilinch davolanishi zarurligini ayta boshlagan. Bir muddat o‘tgach esa otasi vafot etgani va dafn marosimi uchun pul kerakligini bildirgan. Nashrning yozishicha, u bu hikoyalar orqali odamlarda rahm-shafqat uyg‘otib, yanada ko‘proq pul qarz olishga uringan.

Szyan sodir etgan jinoyatlarini tan olgan. U otasining kasal holatini aks ettiruvchi videoni sun’iy intellekt yordamida yaratganini va bu orqali firibgarligini «ishonarliroq» qilishni maqsad qilganini aytgan.

Erkak tanishlaridan olgan barcha mablag‘ini fond bozorida yo‘qotgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uni firibgarlikda gumon qilib qo‘lga olgan. Ayni paytda mazkur ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!