Xitoylik Gen Syuani Rubik kubigini atigi 2,51 soniyada yig‘ib, Ginnessning jahon rekordlar kitobiga kirdi.
Rekord 2026 yilda Xitoyda o‘tkazilgan Guangzhou Grand Open musobaqasida o‘rnatildi.
Ushbu natijaga qadar rekord polyak ishtirokchisi Teodor Zayderga tegishli edi. U joriy yilda kubikni 2,76 soniyada yig‘gandi.
Gen Syuani esa avvalgi natijani 0,25 soniyaga yaxshilab, Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi.