Xitoyning Shansi provinsiyasi ma’muriy markazi Tayyuan shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi.
Kamida 17 kishi jabrlangan, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. Qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda.
Portlash taxminan soat mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da sodir bo‘lgan. Voqea joyini quyuq qora tutun qoplagan. Portlashdan 100 metr uzoqlikda joylashgan uylarda deraza oynalari uchib ketgan.
Favqulodda holat sabablari hozircha ma’lum qilinmagan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan.