Xitoyda yonilg‘i quyish shoxobchalarida innovasion robotlardan foydalanish boshlandi.
Kadrlarda innovasion robot qanday ishlashi ko‘rsatilgan – u Audi krossoverining gaz baki lyukini ochib, so‘ngra yonilg‘i nasosini joylashtirgan.
To‘g‘ri, bu odatdagiga nisbatan bir oz ko‘proq vaqt davom etadi.
Ayni paytda bu jarayonni yonilg‘i quyish shoxobchalari xodimlari nazorat qilmoqda, ular maxsus nazoratchi yordamida jarayonni masofadan turib kuzatishi mumkin.
Yaqin yillarda texnologiyani Yevropa va Xitoyda ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.