Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xitoyda sobiq amaldor 325 million dollar pora olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi

Xitoyda sobiq amaldor 325 million dollar pora olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi

Xitoyning sharqidagi Nankin shahrida iqtisodiy rivojlanish sohasida faoliyat yuritgan sobiq amaldor Yan Yulin qariyb 325 million dollar miqdorida pora olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Sud ma’lumotiga ko‘ra, Yan Yulin 1993–2023 yillar davomida loyihalarni amalga oshirish, biznes operasiyalari, yer ajratish va moliyalashtirish masalalarida yordam ko‘rsatish evaziga 2,21 milliard yuan (taxminan 325 million dollar) miqdorida noqonuniy mablag‘ va mol-mulk qabul qilgan.

U pora olishdan tashqari davlat mablag‘larini talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, davlat aktivlarini o‘zlashtirish hamda pul yuvish jinoyatlarida ham aybdor deb topildi.

Jyansu viloyatining Chanchjou o‘rta xalq sudi ma’lum qilishicha, Yan Yulin sudda so‘nggi so‘zida aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan.

Sud qaroriga muvofiq, mahkumning shaxsiy mol-mulki musodara qilinadi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar pora tariqasida olingan barcha mablag‘larni davlat foydasiga qaytarish choralarini ko‘radi.

Bu ish Xitoy raisi Si Szinpin boshchiligida olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kampaniya doirasida ko‘rilgan eng yirik korrupsiya ishlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 17:41 07.07.2026. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!