Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xitoyda poyabzal fabrikasidagi yong‘inda kamida 28 kishi halok bo‘ldi

 Xitoyda poyabzal fabrikasidagi yong‘inda kamida 28 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Fuszyan viloyati, Szinszyan shahrida joylashgan poyabzal fabrikasida kuchli yong‘in sodir bo‘lib, kamida 28 kishi halok bo‘ldi.

Fojia haqidagi ma’lumotni Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari tasdiqladi. «Sinxua» agentligi tarqatgan kadrlarda alanga ichida qolgan bino va osmonga ko‘tarilayotgan qalin qora tutun aks etgan.

Xitoy raisi Si Szinpin yong‘in «ko‘plab qurbonlarga» sabab bo‘lganini bildirib, hodisa oqibatida katta talafotlar yuz berganini qayd etdi.

Hodisa joyida 35 ta maxsus texnika va 180 nafardan ortiq qutqaruv xizmati xodimi ish olib bormoqda.

Szinszyan shahri Xitoyning «poyabzal poytaxti» sifatida tanilgan bo‘lib, bu yerda poyabzal ishlab chiqaruvchi ko‘plab korxonalar joylashgan.

Kiritildi: 22:55 09.07.2026. O'qildi: 1060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!