2024 yil noyabr oyida Xitoyning Chjuxay shahrida yo‘ltanlamasda piyodalarni bosib ketgan Fan Veysyu ismli 62 yoshli haydovchi qatl etildi, deb xabar beradi South China Morning Post (SCMP).
Xitoy fuqarosiga hukm 27 dekabrda chiqarilgan. Sudning hisoblashicha, Fan Veysyu «jamoat xavfsizligiga tahdid solgan». U «dahshatli» va «shafqatsiz» jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan va 43 kishi jarohat olgandi.
Fan Veysyu mashinasini 11 noyabr kuni Chjuxaydagi sport markazi atrofida bo‘lgan odamlar ustiga haydagan edi. Haydovchi jinoyat sodir etilgan joydan yashirinishga uringan, ammo polisiya tomonidan ushlangan.
SCMP’ning ma’lum qilishicha, Fan Veysyu odamlar ustiga mashina haydaganidan keyin o‘ziga yetkazilgan jarohat oqibatida shifoxonaga yotqizilgan. U o‘z joniga qasd qilishga uringan. OAVga ko‘ra, erkak ajrashganidan keyingi mulkiy mojaro natijalaridan norozi holatda yugurish yo‘lakchasidagi odamlar ustiga mashinasini katta tezlikda haydashga qaror qilgan.