19 yoshli yigit qizni Guanchjouda bilyard klubida uchratgan. Qiz o‘zini boy merosxo‘r sifatida tanishtirib, ish va “aloqalar” va’da qilib, uni Myanmaga borishga ko‘ndirgan.
Chegarada esa yigit qurollangan firibgarlar qo‘liga tushgan, qiz esa g‘oyib bo‘lgan. Yigit 4 oy Myanmadagi Triumph Industrial Park nomli noqonuniy “firibgarlik fabrikasi”da majburan ishlatilgan.
U muntazam kaltaklangan va kuniga 16–20 soatlab kompyuter oldida o‘tirishga majbur bo‘lgan. Oqibatda 10 kg vazn yo‘qotgan va eshitish qobiliyatiga putur yetgan.