Xitoyning CCTV telekanali tomonidan tashkil etilgan yangi yil kechasida robotlarning katta guruhi raqsga tushdi.
CCTV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu robot raqs spektaklining nomi “VOT”. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan robotlar “to‘liq Xitoyda ishlab chiqarilgan” va mamlakat texnologiya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan “eng ilg‘or sun’iy intellekt dasturlari” bilan jihozlangan.
Raqs namoyishida ishtirok etayotgan robot Xitoyning «Yushu texnologiya» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning modeli "N1" ekani ma’lum qilindi.
N1 robotining balandligi taxminan 180 sm va og‘irligi taxminan 70 kg. Bu 2023 yil avgust oyida «Yushu texnologiya» tomonidan chiqarilgan birinchi to‘liq o‘lchamli insonsimon robot.
N1 mukammal harakatni boshqarish qobiliyatiga ega, o‘z joyida burilish va teskari aylantirish kabi murakkab manevrlarni bajarishga qodir. Tashqi kuchlar ta’sirida bu robot tezda muvozanatni tiklab, yurishni davom ettira oladi. Bu uning ilg‘or balanslash algoritmi va apparat dizaynining yuqori darajasini aks ettiradi.