AQSh razvedka agentliklari Xitoy yangi avlod yadroviy qurollarini ishlab chiqayotganiga va yadroviy arsenalini o‘zgartirish doirasida kamida bitta sinov o‘tkazganiga ishonmoqda.
Bu haqda CNN telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Ushbu manbalarga ko‘ra, Xitoy o‘zining yadroviy arsenaliga investisiyalar evaziga boshqa hech qanday dominant yadroviy kuchga teng kelmaydigan texnik imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, 2020 yil iyun oyida Xitoy go‘yoki mamlakatning shimoli-g‘arbidagi Lop Nur inshootida sinov o‘tkazgan va shu bilan 1996 yilda joriy etilgan moratoriyni buzgan. AQSh razvedka agentliklari sinov Xitoyning yangi avlod yadroviy qurollarini ishlab chiqish istagi bilan bog‘liq deb hisoblashadi. SNN shuningdek, Xitoy mamlakat hech qachon ishlab chiqarmagan past samarali taktik yadroviy qurollarni ishlab chiqayotgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilmoqda.