Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy Ukrainadagi tinchlikparvar missiyaga qo‘shilishi mumkin

Xitoy Ukrainadagi tinchlikparvar missiyaga qo‘shilishi mumkin

Bryussel Xitoyning Ukrainadagi potensial tinchlikparvar missiyasida ishtirok etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Welt am Sonntag nashri Yevropa Ittifoqi diplomatik doiralaridagi manbalariga tayanib, Xitoy vakillari Belgiya poytaxtida norasmiy maslahatlashuvlar o‘tkazgan va Yevropa bunday qadamga qanday munosabatda bo‘lishini qiziqtirganini xabar qilmoqda.

Diplomatlar fikricha, Xitoyning ishtiroki tinchlikparvar missiyani Rossiya uchun maqbulroq qilishi mumkin.

Bryussel diplomatik doiralari ta’kidlaganidek, "Xitoyning "irodalilar koalisiyasi"da ishtirok etishi Rossiyaning Ukraina hududida tinchlikparvar kuchlarni qabul qilish istagini oshirishi mumkin", deb ta’kidladi Bryussel diplomatik doiralari va bu masala "juda nozik" bo‘lib qolmoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron kecha Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yangi sammit o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uchrashuv 27 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Unda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:13 22.03.2025. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!