Bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha XXR Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Szyan Bin bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasida harbiy sohadagi aloqalarni mustahkamlash ham Vashington va Pekin, ham butun dunyo manfaatlariga to‘liq javob beradi.
"Xitoy va AQSh qurolli kuchlari o‘rtasidagi munosabatlarning barqaror rivojlanishi har ikki tomon manfaatlariga mos keladi, shuningdek, bu xalqaro hamjamiyatning umumiy kutilmalaridir. Xitoy ikki davlat rahbarlari tomonidan erishilgan muhim kelishuvlarni hayotga tatbiq etish uchun AQSh bilan birgalikda harakat qilishga tayyor", – deydi Szyan Bin.