Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoy Trampning cheklovlariga javoban Amerika tovarlariga bojlarni 84 foizgacha oshirdi

Xitoy Trampning cheklovlariga javoban Amerika tovarlariga bojlarni 84 foizgacha oshirdi

Xitoy AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan kiritilgan savdo cheklovlariga javoban Amerika tovarlariga bojlarni 50 foizga oshirdi.

Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Shu tariqa, AQShdan Xitoyga import tariflarining umumiy darajasi 84 foizga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Tramp Xitoy mahsulotlariga 20 foizlik, aprelda esa qo‘shimcha 34 foizlik bojlar joriy qilgandi. Pekin bunga simmetrik ravishda javob qaytardi va shunga o‘xshash tariflarni 34 foiz etib belgiladi.

Xitoy yon berishdan bosh tortganidan so‘ng, Tramp bojlarni yana 50 foizga oshirishni buyurdi, natijada Xitoy importiga qo‘yilgan AQSh bojlarining umumiy darajasi 104 foizga yetdi.

Kiritildi: 16:50 09.04.2025. O'qildi: 1278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!