AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z bayonotlari bilan muzokaralarni "murakkablashtirmoqda," shu sababli Ukraina uchun vaziyat "dahshatli" ekanligini ta’kidladi.
"Hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni talab qilmayapti, lekin agar u Qrimni istasa, nega o‘n bir yil oldin, u Rossiyaga bir o‘q ham otilmasdan topshirilganda, uning uchun kurashishmadi? Bu hududda, shuningdek, "Obama o‘tkazib berishi"dan ancha oldin ko‘p yillar davomida Rossiyaning yirik suv osti kemalari bazalari joylashgan edi. Aynan Zelenskiyning bayonotlariga o‘xshash tahriklovchi gaplar bu urushni hal etishni qiyinlashtirmoqda. Uning maqtanadigan hech narsasi yo‘q! Ukraina uchun vaziyat dahshatli - u yo tinchlikka erishishi, yo butun mamlakatni yo‘qotishdan oldin yana uch yil jang qilishi mumkin," - deb yozdi Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Trampning fikricha, "biz kelishuvga juda yaqinmiz, biroq qo‘lida birorta ham koziri bo‘lmagan odam nihoyat buni tushunib yetishi va ishni oxiriga yetkazishi kerak."