Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

"Putin jang maydonida erisholmaydigan narsaga ega bo‘lishni xohlayapti"

"Putin jang maydonida erisholmaydigan narsaga ega bo‘lishni xohlayapti"

Britaniya-Amerika siyosatshunosi, Rossiya bo‘yicha mutaxassis Sem Grin o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQShning Ukraina bo‘yicha tinchlik takliflari haqida fikr yuritmoqda.

Grin "Financial Times" gazetasining Rossiya Vashingtonga hozirgi front chizig‘ini muzlatishni taklif qilgani haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi. Turli OAV jurnalistlarining xabariga ko‘ra, AQSh rejasiga Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishidan voz kechishi va Ukrainaning bosib olingan hududlari ustidan Rossiya nazoratini amalda tan olish ham kiritilgan.

Grinning fikricha, "Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifi - bu muzokaralar stolida u jang maydonida erisholmaydigan narsani qo‘lga kiritishga urinish: Ukrainani mustaqil davlat sifatida yo‘q qilish."

Vashingtonning rejalarida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari yoki mamlakatga G‘arb qo‘shinlarini joylashtirish ko‘zda tutilmagan. Biroq, Grinning fikricha, Putin bu takliflardan Kiyev ustidan doimiy xavfsizlik tahdidi va siyosiy nazorat o‘rnatish uchun faqat ikki holatda foydalanishi mumkin: Yevropaning tiyib turuvchi kuchlari bo‘lmasa va Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish istiqbollari mavjud bo‘lmasa. Shu sababli, Grin Yevropa kuchlari Ukrainaga o‘t ochishni to‘xtatishdan oldin yoki to‘xtatish boshlangan paytda kirishlari kerak, deb hisoblaydi.

Kiritildi: 22:20 23.04.2025. O'qildi: 1724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!