Rossiya Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga urinishlariga qarshi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha brifingda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru” muxbiri.
“Biz hamkorlik jarayonlarini siyosiylashtirishga, u yoki bu guruh mamlakatlarning ushbu va boshqa geosiyosiy makonlarda hukmronlik o‘rnatishga urinishlari bilan bog‘liq mafkuraviy elementlarning kiritilishiga mutlaqo qarshimiz”, — dedi Rossiya TIV rahbari.