Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Sherzodxon Qudratxo‘ja: "Biz Rossiyaning koloniyasi emasmiz"

Sherzodxon Qudratxo‘ja: "Biz Rossiyaning koloniyasi emasmiz"

Sherzodxon Qudratxo‘ja Lavrovning tashrifi borasida tarqalgan xabarlarga, Lavrovning xatti-harakatlariga o‘z munosabatini bildirdi.

Har bir mamlakat o‘zining hududidagi tarixiy obida yoki haykali atrofida qaysi tilda yozishini faqat o‘zi hal qiladi. Chetdan kelib, boshqa davlatning Tashqi ishlar vaziri bizni tanqid qilishi noto‘g‘ri. Zero, biz ularning koloniyasi emasmiz!

Bizning vazirlar ham Rossiyaga borganda ba’zi masalalar bo‘yicha Lavrov kabi dadil savol berishni o‘rganishlari kerak, shekilli.

Xususan, nega bizning Rossiyadagi migrantlar diskriminasiya qilinadi? Nimaga ularga nisbatan mahalliy hokimiyat, migrasion xizmatlar yoki polisiya tomonidan oddiy inson huquqlarini paymol qiluvchi holatlar qo‘llanilsa, Rossiya jamoatchiligi va davlat rasmiylari jim turadi?

Sergey Lavrov kelib bizga "ona timsoli — muqaddas" ekanligini tushuntirmoqchi ekan, oddiy bir yozuvni bor yo‘qligiga diqqat qaratarkan, biz ham unga "inson huquqlari ham muqaddas" ekanligini diqqat e’tiboriga solishimiz va eslatishimiz kerak.

Lavrov O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining hamkorligi to‘g‘risida ham gapiribdi. Kim bilan qanday aloqalar o‘rnatishni yoki qay darajada hamkorlik qilishni davlatning o‘zi hal qiladi! O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan ham o‘zaro aloqalar darajasini O‘zbekistonning o‘zi belgilaydi. Bu davlatimizning tashqi siyosati ko‘p vektorlik ekanligini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 18:43 23.04.2025. O'qildi: 2045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!