Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukraina AQShga javob berdi

Ukraina AQShga javob berdi

Ukraina Rossiya tomonidan 2022 yil 24 fevralda boshlangan urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarga ochiq, biroq taslim bo‘lishni rad etmoqda.

Bu haqda Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko Ukraina delegasiyasining Londondagi muzokaralardagi ishtirokini sharhlayotib ma’lum qildi.

"Rossiyaga qayta guruhlanish va yanada shafqatsizroq tarzda qaytish imkoniyatini beradigan kelishuv bo‘lishi mumkin emas. Quruqlikda, havoda va dengizda to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish zarur bo‘lgan birinchi qadamdir. Agar Moskva tanaffus qilishni tanlasa, Ukraina ham xuddi shunday yo‘l tutadi," - deya ta’kidladi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Sviridenkoning ta’kidlashicha, Ukraina muzlatilgan mojaroni qabul qilmaydi va Qrimning bosib olinishini tan olmaydi. Agar NATOga a’zolik taqdim etilmasa, Kiyev kelajakdagi tajovuzni to‘xtatishga va mustahkam tinchlikni ta’minlashga qodir bo‘lgan qat’iy va aniq xavfsizlik kafolatlarini talab qiladi.

Kiritildi: 21:22 23.04.2025. O'qildi: 1647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!