Xitoy kompaniyalari Rossiya va Eronga "Shahed" zarbdor dronlarini ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dvigatellar va akkumulyatorlar kabi ikki xil maqsadda foydalaniladigan tovarlarni ochiqchasiga yetkazib bermoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.
Xitoy bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy kompaniyalar Rossiya va Eronga ikki xil maqsadda ishlatiladigan yuzlab konteyner tovarlarni, jumladan, optik tolali kabellar, akkumulyatorlar, chiplar, giroskoplar, shuningdek, Limbach L550 dvigatellarini yuborgan.
Avvalroq Xitoy eksportyorlari Qo‘shma Shtatlar va Yevropa mamlakatlari sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun ikki xil maqsaddagi tovarlarni ataylab noto‘g‘ri belgi qilishgan, ammo AQSh Moliya vazirligining sobiq yuqori martabali mulozimlari va qurol-yarog‘ bo‘yicha tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, endi yetkazib beruvchilar bunday qilmayapti.
2026 yil fevral oyida "Vedomosti" nashri Rossiya Xitoydan, jumladan, dronlar uchun ishlatiladigan optik tola sotib olishni keskin oshirganini xabar qilgandi.
2025 yil kuzida The Washington Post Xitoy kompaniyalari Rossiyaning dron ishlab chiqaruvchilariga litiy-ionli batareyalar yetkazib berishni keskin ko‘paytirgani haqida yozgan edi.